Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Qayin sharbatli namlantiruvchu krem Round Lab Birch Juice Moisturizing Cream sezuvchanlik terini parvarishi uchun mos keladi, qichishish xususiyati va qizarishni tinchlantiradi, epidermisni namlik bilan to‘ldiradi va uni hujayralar ichida saqlashga yordam beradi. Bakteriyadan himoya ta'sirga ega, yallig'lanishning oldini oladi.
Kollagen kapsulalari bilan mukammal namlantiruvchi gel-kremli yengil tuzilishga ega, u teriga osongina tarqaladi va deyarli to'liq eriydi. Krem, suvsizlangan va o‘z tusini yo‘qotgan teriga namlantiruvchi va ozuqa moddalarining kuchli zaryadini beradi, terining lipid muvozanatini samarali tiklaydi va namlikning bug'lanishiga to'sqinlik qiladigan himoya qatlamining shakllanishi sababli yuqori namlik darajasini saqlaydi. Bundan tashqari, tinchlantiruvchi va yengil sovutish ta'siriga ega.
Indje (Sharqiy Janubiy Koreya) shahri yeri asosan tog'li va dengiz sathidan 800 m balandlikda joylashgan bo'lib, Vonderi o'rmonida qayin o'sadi. Qayin sharbati, ushbu viloyatdan olingan ozuqa moddalarining yuqori miqdori bilan to'yingan. U aminokislotalar, minerallar, vitaminlar va boshqa mikro va makroelementlarga juda boy. Tarkibining boy xususiyati sababli qayin sharbati teri tomirlarini mustahkamlaydi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, shuningdek, teri hujayralari ichidagi namlikni saqlab qoladi, buning natijasida uzoq muddatli (48 soat) namlovchi ta'sirga ershadi. Bu esa lipid muvozanatini tiklashga va epidermisning tabiiy himoya to'sig'ini mustahkamlashga imkon beradi. Qayin sharbati antioksidantlarni o'z ichiga oladi, ular erkin radikallarga qarshi faol kurashadi va terining erta qarishini oldini oladi, maxsus fermentlar tabiiy antiseptik vositasiga aylanib yallig'lanishni bartaraf etishga yordam beradi.
Kollagenli kapsulalar, Qayin sharbati va Vita Gialuron kislotasiga to‘yingan bo‘lib, epidermisning barcha qatlamlarini uzoq muddatli namlantirish, epidermal to'siqni mustahkamlash va terining zararli ekologik ta'sirlarga qarshi turish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Vita gialuron kislotasi juda yuqori qobiliyatiga ega. U magnit kabi o'ziga jalb qilish va suv molekulalarini terining chuqur qatlamlarida ushlab turish, shuningdek namlikni samarali ushlab turadigan ko'rinmas himoya qatlamini hosil qilish qobiliyatiga ega, buning natijasida gidrobalansni normallashtirish, shilinish va quruqlikni bartaraf etish mumkin. Natijada teri to'yingan, mayin va silliq bo'ladi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Husnbuzar/Yallig'lanish
Qizarish
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- Round Lab
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 80
Parvarishning oxirgi bosqichida, toza, quruq teriga qo'llang.
Namlikni saqlaydi, teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi va quruqlikdan kelib chiqqan sayoz ajinlarni tekislaydi.

Tarkibida mikroelementlari mavjud bo‘lib B, C, vitaminlari, oqsil birikmalarining organik kislotalari mavjud. Antibakterial, yoshartiruvchi va namlovchi ta'sirga ega. Teri yuzasini yangilaydi va tiklaydi.

-Akne va ugrili toshmalar bilan kurashishda eng samarali o'simlik moylaridan biri. Yallig'lanishga qarshi, yangilanadigan xususiyatlarga ega.
