93% Soya donlari ekstrakti bilan tinchlantiruvchi toner, terini namlantiradi, yumshatadi, darhol qizarishlarni yo'qotadi, poralarni toraytirib, yuzga silliqlik va matlik beradi. Soya donlarida isoflavonlar mavjud bo'lib, ularning yoshartiruvchi va yorituvchi xususiyatlari bilan tanilgan. Toner barcha teri turlari, shu jumladan sezgir teri uchun mos keladi.
93% fermentlangan Soya donlari bilan boyitilgan toner, qizarish va yallig’lanishni darhol tinchlantiradi, namlantiradi va yumshatadi. Soya ekstrakti ko'plab Isoflavonlarni o'z ichiga oladi, bu terini gormonal qarishdan himoya qiladi, shuning uchun soya tez-tez anti-age kosmetikasining tarkibiy qismi bo'lib keladi. Soya donlari terini yaxshi yoritadi, namlantiradi, oziqlantiradi, yoshartiradi va hujayra darajasida tiklaydi. Oziqlantiruvchi tuzilishi, terida essentsiya kabi his qilinadi, yuvilgandan so'ng darhol quruqlik va tortishish hissini yo'qotadi, shuningdek, toner ustiga makiyaj ajoyib yotadi. Agar teringiz ortiqcha quruqlikni sezsa, teri tuzilishi namlanmaguncha tonerni qatlamlab qo'llang. Vegan formulasi yalig’lanishni keltirib chiqarmaydi, barcha teri turlari, shu jumladan sezgir teri uchun mos keladi. Zararli komponentlar, hidlar, hayvon mahsulotlari o'z ichiga olmaydi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Toner
- Maqsadga muvofiq
- Qizarish
Teshiklar/seboregulyatsiya
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- Mixsoon
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 300
Yuvilgandan so'ng, tonerni yuzga paxta diski yoki barmoqlar uchi bilan surting. Toner qatlamlab qo'llanilishi va tinchlantiruvchi toner sifatida foydalanilishi mumkin. Buning uchun toner bilan ho'llangan paxta disklarini yuzga qo'yib, 5-10 daqiqa qoldiring.
Soya donlari ekstrakti – terini namlantiradi, oziqlantiradi, hujayra darajasida tiklaydi, terini gormonal qarishdan himoya qiladi.
![Soya donlari ekstrakti](https://comax.uz/img/cms/Ingredient/soybean.jpg)
Allantoin - yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi, yumshatadi, poralarni toraytiradi va teri yog'ini normalashtiradi.
![Allantoin](https://comax.uz/img/cms/Ingredient/allantoin.jpg)
Betain – terini samarali namlantiradi, suvni hujayralarda ushlab turadi, himoya to'sig'ini mustahkamlaydi.
![Betain](https://comax.uz/img/cms/Ingredient/betaine_1.jpg)