500 000 so'mdan yuqori buyurtma Toshkent bo'ylab yetkazib berish bepul!

Papa Recipe - koreya kosmetikasi

Janubiy Koreyaning Papa Recipe kompaniyasi juda qiziqarli va biroz ta'sirchan yaratilish tarixiga ega. Ta'sischining qizi juda muammoli teri bilan tug'iladi, u har qanday kosmetikadan foydalangandan so'ng darhol terisi qizarib, qichiydi. Shuning uchun uning otasi teri kasalliklarini muvaffaqiyatli yenggan maxsus lasyonni ishlab chiqadi. Endilikda, Papa Recipe kosmetikasi terisi alohida parvarishga muhtoj bo'lganlar uchun, shuningdek, avvalgi ipakdek mayin va go'zalligini qaytarishni istaganlar uchun yaratilgan. PAPA RECIPE terini bezovta qilmasdan, yorqinlik, tozalik va go'zallik beradigan yumshoq tarkibi asosida mukammal mehr va mashhurlikka erishdi. Bugungi kunga kelib, PAPA RECIPE go'zallik olamida yetakchi o'rinni egallab, Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoyda tabiiy, toza va ekologik toza kosmetika sifatida e’tibor va ishonchni qozondi.

Mahsulot tanlanganlar ro'yxatiga qo'shildi