Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Bakuchiol va Retinalli terini yangilab va tiklovchi tungi krem kuchli yoshartiruvchi va oqartiruvchi ta'sirga ega, husnbuzar bilan kurashadi. Ajinlarning chuqurligini kamaytiradi, dog’larni ochartiradi, terining mayinligi va ravonligini oshiradi, teri holatini tenglashtiradi, sog’lom nur beradi. Formula quruqlik va shilinishni yo'q qiladigan namlovchi va oziqlantiruvchi tarkibiy qismlar bilan boyitilgan.
Bakuchiol va Retinalli terini yangilab va tiklovchi tungi krem kuchli yoshartiruvchi va oqartiruvchi ta'sirga ega, husnbuzar bilan kurashadi.
Asosiy tarkib 2 ta kuchli moddalarning yig’indisidan iborat:
1. Retinal 0,03% – yangi avlodi vakili A vitamini, retinolga qaraganda 11 baravar faolroq. U ohista ta’sir qiladi, ammo natijani tez fursatda bilinadi. Hujayralarning yangilanishini tezlashtiradi, kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, erta qarishga qarshi mukammal ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, retinal noyob antibakterial xususiyatlarga ega, ya'ni u husnbuzarlarni bartaraf qiluvchi retinoidlardan samarali ishlaydi, husnbuzar bilan kurashadi, yog’ ishlab chiqarishni me’yorlashtiradi, yog'li porlashni kamaytiradi.
2. Bakuchiol 1% - Retinol o’rnini bosuvchi o’simlik. Kollagen, elastin va gialuron kislotasini ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, ajinlar va o’tkir dog’larni kamaytiradi, terini tarangroq va mayin qiladi. Bakuchiol mukammal lifting ta'sirga ega, shilinish va dag’allikni yo'q qiladi, yoshga doir dog’lar va Husnbuzar izlarini oqartiradi, terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi.
Bundan tashqari, formula quruqlik va shilinishni yo'q qilish uchun, namlovchi va oziqlantiruvchi tarkibiy qismlar bilan muvozanatlashtirilgan.
Krem ta’siri qanday:
- ajinlar chuqurligini pasaytiradi va ajinlar paydo bo'lishining oldini oladi.
- mikrorelef va teri holatini tenglashtiradi.
- dog’lar va husnbuzar izlarini ochartiradi.
- husnbuzar bilan kurashadi, yallig'lanishni tinchlantiradi.
- tashqi omillarga sezuvchanlikni pasaytiradi.
- yumshatadi va taranglashtiradi, mayinlik va ravonlikni oshiradi.
- teriga sog’lom nur beradi.
- UF nurlanishidan keyin terini tiklaydi va fotosuratli qarish bilan kurashadi.
Qaysi turdagi teriga mos keladi? Barcha teri turlari uchun javob beradi.
To'qimasi - mayin, eruvchan, yopishqoq emas; tarkibining faolligi asosida och sariq rangga ega, yuz terisida bilinib qolmaydi.
BY WISHTREND Vitamin A-mazing Bakuchiol Night Cream kremning o'ziga xos xususiyati bu vakuumli qadog’i bo’lib kislorod o'tishiga yo'l qo'ymaydigan va shu bilan birga uzoq vaqt davomida retinalni barqaror ushlab turadigan qilib yaratilgan.
Vrach-dermatologlar retinoidlarni terini yoshartirish va husnbuzarni davolashning "oltin standarti" deb atashadi. Shu bilan birga, agarda chuqur ajinlar bo'lmasa, uzoq vaqt davomida yoshlikni saqlab qolish-erta qarishning oldini olish uchun ular kurslarda qo'llaniladi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Husnbuzar/Yallig'lanish
Pigmentatsiya/oqartirish
Teshiklar/seboregulyatsiya
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- By Wishtrend
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 30
Bakuchiol retinolning o'simlikka asoslangan analogidir, hujayralarda tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, ajinlar bilan kurashadi, mayinlikni oshiradi va melanin ishlab chiqarishni bartaraf qiladi, sezuvchan teri uchun juda mos tushadi.
Retinal - A vitaminining yangi avlod vakili (ushbu shakl retinolga nisbatan tez ta'sir qilishi va qichishish xususiyatini kamaytirishi bilan ajralib turadi), ya'ni terida shilinish va sezuvchanlikni minimallashtiradi. Bundan tashqari, Retinal husnbuzarni davolash uchun eng yaxshi tarkib hisoblanadi, chunki u kuchli antibakterial ta'sirga ega.
Niatsinamid (B3 vitamini) epidermisga melanin yetkazib berishni sekinlashtiradi, yosh dog'lar paydo bo'lishining oldini oladi, tashqi omillarga sezuvchanlikni pasaytiradi, terini tenglashtiradi, kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantiradi va zichlikni oshiradi.
Har kuni, kechqurun parvarish qilish paytida, ikki bosqichli tozalash va tonerdan so'ng foydalaning, yuz terisiga kerakli miqdordagi kremni yengil silash harakatlari bilan qo'llang, teriga to'liq singdiring. (2-3 marta bosish kifoya). Faqat tungi foydalanish uchun tavsiya etiladi.
* Bo'yinda oz miqdordan foydalanib, terining mahsulotga bo'lgan munosabatini tekshiring.
* Sezuvchan teri uchun yoki mahsulot bilan tanishayotganda, haftada 2-3 marta ishlatishdan boshlang va teringiz kremga moslashganda asta-sekin ko’paytiring.
E'tibor bering, ushbu mahsulotni bir vaqtning o'zida C vitamini yuqori bo'lgan oziqlantiruvchi yoki har qanday eksfoliantlar (kislotalar) bilan birlashtirish mumkin emas. Agarda parvarishlashda aktivlar mavjud bo'lsa, unda biz ularni turli vaqtlarda ishlatishni va terining reaksiyasini kuzatishni maslahat beramiz.