Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Yallig'lanishga qarshi tozalovchi balzam nafaqat terida to'plangan yog’, pardozli kosmetikadan tozalaydi, balki husnbuzar va qora nuqtalarni ham tozalaydi va terining umumiy holatini yaxshilaydi.
Gidrofil balzam zich, qaymoqli tuzilishga ega bo'lib, terining haroratidan eriydi va yog'ga aylanadi, teshiklarni kirlanishdan tozalaydi. Mahsulot dorivor o'simliklarning yengil hidiga ega, u yuvilgandan keyin terida tozalik va musaffolik hissini qoldiradi. Kislota kompleksi va o'simlik ekstraktlari qizarishni ketkazishga, yallig'lanish jarayonini kamaytirishga, qora nuqta teshiklarini tozalashga va ularning qayta tiqilib qolishining oldini olishga yordam beradi, natijada yangi yallig'lanish paydo bo'lishi kamayadi.
Balzamning asosiy tarkibi patentlangan Tri-Peel Acid 1.4% (AHA, BHA, LHA) kislotalar kompleksidir, bular teshiklar to’lib tiqilib qolishi va yallig'lanish paydo bo'lishiga moyil bo’lgan muammoli terining holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kislotalarning bu kombinatsiyasi dag’allashgan hujayralarni yangilash jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Salitsil kislotasi (BHA) yog'ni erituvchan hisoblanadi, shuning uchun u teshiklarga kirib, yog' tiqinlarini, qora nuqtalarni asta-sekin eritib yuboradi va ularning chuqur yallig'lanish paydo bo’lishiga yo'l qo'ymaydi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Yog'lik - Mahsulot turi
- Balzam
- Maqsadga muvofiq
- Husnbuzar/Yallig'lanish
Qizarish
Teshiklar/seboregulyatsiya
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- BANILA CO
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 100
Suv muvozanatini tiklaydi, yangilanish jarayonini normallashtiradi, qon tomirlari devorlariga mustahkamlovchi ta'sir ko'rsatadi.

Ko'p miqdordagi yog' kislotalari asosidai terini yumshatadi, shilinish va quruqlikning oldini oladi.

Tarkibida ko'p miqdordagi vitaminlar mavjud, shuning uchun ular kuchli antioksidantlar bo'lib, hujayralarni oksidlovchi stresdan himoya qiladi.

Maxsus qoshiqchadan foydalanib, kerakli miqdordagi balzamni oling va mahsulotning ozgina erishi uchun qo'lning tashqi tomoniga qo'ying, mahsulotni barmoqlaringiz bilan teriga surting, sherbet yog'ga aylanguncha terini mayinlik bilan o’qalang , so’ngra oz miqdorda suv qo'shing va pardoz to'liq eriguncha terini o’qalashnini davom eting. Mahsulot qoldiqlarini suv bilan yuving.