Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Past kislotali pH darajasiga ega namlantiruvci va tiklovchi krem, terining mukammal namlik darajasini saqlab turadi va shu bilan birga uning tabiiy tiklanish qobiliyatini yaxshilaydi. Shilinish va quruqlikni yo'q qiladi, kun davomida namlik yo'qotilishini kamaytiradi, terining shikastlangan gidrolipid qatlamini tiklashga yordam beradi.
Krem chuqur namlaydi, epidermisning barcha qatlamlarini namlik bilan to'yintiradi, hujayralarning uni ushlab turish qobiliyatini yaxshilaydi. Namlikning bug'lanishiga yo'l qo'ymaydi, tabiiy gidrolipid muvozanatini saqlaydi, tortishishlik, quruqlik va shilinishni yo'q qiladi. Ultrabinafsha nurlar, erkin radikallar va atrof-muhit omillari ta'sirini zararsizlantiradi, yallig'lanish o'choqlarini kamaytiradi, toshmalar va husnbuzar paydo bo'lishining oldini oladi.
Mahsulot tarkibida 6 turdagi probiotiklar mavjud bo'lib, ular terining me’yoriy mikroflorasini qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek dog’larni ochartiradi va terining holatini tenglashtiradi. Namlaydi, qizarishni yo'q qiladi, epidermisda melanin ishlab chiqarishni tartibga soladi, dag’allashgan qatlamni mayinlik bilan bartaraf qiladi va tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Tashqi muhitning salbiy ta'siridan himoya qiladigan terining himoya qatlamini mustahkamlaydi.
Har qanday turdagi, jumladan quruq va sezuvchan teri uchun juda mos keladi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Pigmentatsiya/oqartirish
Qizarish - Ishlab chiqaruvchi
- Dr.Ceuracle
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 100
Biomimetik suv (mineral suv/teanin/glutation/sut lipidlari) terida mavjud bo'lgan suvga o'xshashligi sababli hujayralar gidratsiyasini yaxshilaydi.

Glitserin terini namlash tizimida ishtirok etadi va teri to'sig'ini tiklashga yordam beradi.

Gialuron kislotasi past molekulyar shaklda terining chuqur qatlamlariga kirib, namlikni uzoq vaqt ushlab turadi.

Teriga oz miqdorda krem surting, mayinlik bilan yupqa qatlamga surting. So'rilishini kuting. Kunduzgi yoki tungi parvarish sifatida foydalaning.