Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Ushbu tana uchun gipoallergenik namlantiruvchi kram tarkibiga quruq va sezuvchan terini 48 soat davomida yumshatish, namlash uchun arnika va yog’li kameliya urug'laridan olingan o'simlik moylariga asoslangan.
Tana uchun gipoallergenik namlantiruvchi krem quruqlikni va shilinishni samarali ravishda yengillashtiradi, suvsizlanishni oldini oladi, terining qattiq joylarini yumshatishga yordam beradi, kafolatli tinchlantiruvchi ta'sirga ega bo'lib qichishish va qizarishni yengillashtiradi. Ushbu vosita shuningdek terining yaxlitligini tiklashni rag'batlantiradi, terining to'siq vazifalarini kuchaytiradi, tashqi omillarning salbiy ta'siridan himoya qiladi
Mahsulot ishlab chiqarishda terining to'sig'ini mustahkamlaydigan va terining himoya vazifalarini oshiradigan maxsus lamelylar Multi Lamellar Emulsion (MLE ®), texnologiyasidan foydalanilgan. Bunday kosmetika tarkibining asosiy xususiyati terining yuqori qatlami lipidlariga fiziologik o'xshashlikdir. Mahsulot "to’siq" sifatida epidermisning uzluksizligini tiklaydi. Uning zarralari organik ravishda lipid qatlamiga singib, zararni davolaydi va terining yaxlitligini tiklaydi.
Krem tarkibida arnika va soya loviyasidan olingan yog'lar ham mavjud. C vitaminiga boy uzum urug’i yog'i va kameliya urug'i yog'i terini yumshatishga yordam beradi va uni yanada mayin, mustahkam va yosh qiladi. Tinchlantirish uchun krem tarkibida jodugar ekstrakti, allantoin va pantenol mavjud.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Qizarish
- Ishlab chiqaruvchi
- Derma:B
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 430
Shi yog'i vitaminlar va qimmatli aminokislotalarni o'z ichiga oladi. Yog' terini ajoyib darajada namlaydi, ravonlashtiradi, zararli ultrabinafsha nurlar ta'siridan himoya qiladi, terini yaxshilaydi va terining erta qarishining dastlabki belgilariga qarshi kurashadi.

Uzum urug’i yog'i terining mustahkamligi va mayinligini yo'qotish, terining yupqalashishi, qurishi, so’lishi va osilib qolishini va ajinlar paydo bo'lishining oldini oladi.

Pantenol terining yaxlitligini tiklashni rag'batlantiradi, qizarish va qichishish xususiyatini yo'q qiladi va jarohatni davolash xususiyatlariga ega.

Yotishdan avval yoki dushdan keyin foydalaning. Mahsulotning oz miqdorini oling va uni tanangizga tarqating. Qo'shimcha namlanishga muhtoj bo'lgan joylarga ko'proq qo'llang.