Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
- -20 %
Quruq va suvsizlangan teri uchun chuqur namlovchi krem Lagom Cellus Deep Moisture Cream
Ildiz hujayralari bilan chuqur namlantiruvchi Lagom Cellus Deep Moisture Cream hujayralarni namlik bilan faol to'yintiradi, namlik darajasini oshirib va kun davomida terining suv-lipid muvozanatini saqlaydi. Quruqlik va suvsizlanish paydo bo'lishining oldini oladi, qichishish xususiyatini tinchlantiradi. Gialuron kislotasi, pantenol va keramidlarni o'z ichiga olgan.
Faol komponentlar:
Ushbu namlantiruvchi kremning qalin teksturasi zich bo‘lishiga qaramay teriga tez singadi. Terining tabiiy qayta tiklanishiga imkon yaratadi va qarish belgilari bilan kurashib uning himoya to‘siqini mustahkamlaydi.
Jojoba moyi – teri hujayralaridagi namlikni ushlab turadi, suv muvozanatini yaxshilaydi, ko‘z atrofidagi teri uchun beqiyos. Shuningdek so‘ligan, horg‘in, qariyotgan teriga juda foydali, tarkibidagi kollagenga o‘xshash aminokislotalar sababli terini taranglashtiradi. Terini qurib to‘kilishdan saqlaydi, zararli bakteriyalarning ko‘payishini oldini oladi, yallig‘lanish natijasidagi toshmalarni yo‘qotadi, ta'sirchan terini yumshatadi, ekzema, dermatitlarni davolaydi.
Krem tarkibidagi vitamin Ye (tokoferol), terining himoyalash vazifasini mustahkamlaydi, jadal namlaydi va namlikning yo‘qolishini oldini oladi, yaralarni tez bitiradi, qayishqoqlikni oshiradi, hamda foydali komponentlar va vitaminlarning terining chuqur qatlamiga kirib borish jarayonini osonlashtiradi.
Patentlashtirilgan kompleks DermaFlux® ga ega. Ajoyib ingredient, akvaporinlarni, hujayra oqsillarini faollashtiradi, ular teridagi suv yo‘llari sifatida harakat qiladi, ushbu vosita teri hujayralarini namlikka to‘yintiradi, terining sog‘lom bo‘lishiga yo‘l ochadi.
Teshikchalarni tiqib qo‘ymasdan terini shiddatli namlaydi.
O‘qalash harakatlari bilan parvarishning oxirgi bosqichida kerakli miqdordagi kremni qo'llang.

- Terining turlari
- Normal
Quruq - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Qizarish
Suvsizlanish
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- Lagom
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 60