Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
80% fermentlangan kombucha ekstraktini o'z ichiga olgan yuz toneri terini tozalashdan keyingi birinchi bosqichda namlik va ozuqa moddalari bilan ta'minlashga, uni tinchlantirishga va yumshatishga yordam beradi.
Yallig'lanish darajasini pasaytiradi, teri mikrobiomini tiklaydi, mayinlik va ravonlikni oshiradi, namlaydi va namlikni saqlaydi, qon tomirlari va kapillyarlarni mustahkamlaydi, yumshatadi va silliqlaydi, qizarish va qichishish xususiyatini yo'q qiladi, kuperozga qarshi ta'sir ega bo’lib, hujayra metabolizmini yaxshilaydi. pH: 6,9 ± 1.
Kombuchi (qo’ziqoprin choyi) ekstraktli yuzni parvarish qilish toneri, yuzingizni yuvgandan so'ng birinchi bosqichda terini namlaydi va oziqlantiradi, shuningdek uni mustahkamlaydi va tekislaydi. Yengil formulaga qaramay, chuqur oziqlantirib va namlikni ta'minlaydi, quruqlikni yo'q qiladi, terini ravon va silliq qiladi.
Och sariq shaffof va oziqlantiruvchi formula oson hamda yumshoq qo'llaniladi, tez so'riladi va quruqlikni yo'q qiladi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Toner
- Maqsadga muvofiq
- Husnbuzar/Yallig'lanish
Qizarish
Yoshartiruvchi parvarish - Ishlab chiqaruvchi
- Derma Factory
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 150
Fermentlangan qo’ziqorinli choy kombucha ekstrakti 80%, achitqi va sutli kislotasi bakteriyali qora va ko’k choyni fermentatsiyadan ishlab chiqarilgan bo’lib, yallig’lanish-qizarish o’chog’ini pasaytiradi, terini yumshatadi va taranglikni oshiradi, terini toza qiladi. Komponent antioksidant va ko'taruvchi (lifting) ta'sirga ega, teri kasalliklariga terapevtik ta'sir ko'rsatadi.

Tremell qorli qo'ziqorini ekstrakti 1% namlikni ushlab turish, terini, kapillyar devorlarni va mayda tomirlarni himoya qilishni ta'minlaydigan va hujayra metabolizmini yaxshilaydigan noyob komponent.

Betain 1% - lavlagidan olingan tabiiy tarkibiy qism namlik yetishmasligidan qo'pol bo’lgan terini yumshatishga yordam beradi.

Tozalashdan so'ng, toner o'rniga kerakli miqdordagi mahsulotni qo'llang, so'ngra singdirish uchun mayinlik bilan silang. Ertalab va kechqurun parvarish qilishda foydalaning. Agarda sezuvchan va qichishish xususiyatini beruvchi terini samarali ravishda namlashingiz yoki tinchlantirishingiz kerak bo'lsa, mahsulot bilan namlangan paxtali yostiqchalaridan kompress qilishingiz mumkin. Terini samarli namlash va yumshatish uchun mahsulotni bir necha qatlamlarda qo'llash mumkin.