Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Madagascar Sentella to’plami asosiy terini parvarish qilish uchun beshta mahsulotidan iborat, bular: gidrofil yog’i, tozalovchi ko'pik, toner, ampula va krem.
To'plamda 5 ta miniatyura mavjud:
1. SKIN1004 Madagascar Centella Light Cleansing Oil 30ml - yengil tozalovchi va tinchlantiruvchi gidrofil yog’i.
Yog' hatto pigmentli bo'yanishni ham olib tashlaydi, shuningdek teshiklarni yumshoq, ammo samarali ravishda tozalaydi, ularning tiqilib qolishiga va komedonlarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.
2. SKIN1004 Madagascar Centella Ampoule Foam 20ml - tozalovchi va tinchlantiruvchi yuz yuvish uchun ko'pik.
Nozik tozalashni ta'minlaydi, teshiklardan kirlanishlarni olib tashlaydi, o'lik zarralar va ortiqcha yog’dan xalos qiladi, yuz terisini quritmaydi va tortishish hissini keltirib chiqarmaydi.
3. SKIN1004 Madagascar Centella Toning Toner 30ml - sentellali ohista shilib yangilovchi toner.
Tinchlantiradi va yumshatadi, o'lik zarralar va yog’ qoldiqlarini nozik tarzda yo'q qiladi, mikrorelefni tekislaydi va terining umumiy holatini yaxshilaydi, terini toza va silliq tutadi.
4. SKIN1004 Madagascar Centella Ampoule 30ml - osiyo sentella ekstrakti ampulasi.
Sezuvchan terini tinchlantiradi va tiklaydi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, kuperoz bilan kurashishda yordam beradi, to'siq vazifalarini oshiradi, qizarish va yallig'lanishni kamaytiradi.
5. SKIN1004 Madagascar Centella Soothing Cream 30ml – yahlatuvchi va himoyalovchi sentellali krem.
Qichishish xususiyati va qizarishni yengillashtiradi, yumshatadi, tiklanish jarayonini rag'batlantiradi va shilinishni yo'q qiladi, tabiiy gidrolipid to'sig'ini mustahkamlaydi.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Yog'lik - Mahsulot turi
- To'plam
- Maqsadga muvofiq
- Qizarish
- Ishlab chiqaruvchi
- SKIN1004
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
1. Pardozni yoki quyoshdan saqlovchi vositani quruq yuz terisiga yog’ surtish orqali ohista o’qalash harakatlari bilan olib tashlang, so’ngra suv bilan aralashtiring va yuving. 2. Undan so’ng ko'pik yordamida yuzingizni yuving. 3. Undan so’ng teriga tonerni qo'llang. 4. Undan so’ng konsentrlangan ampuladan foydalaning. 5. Va oxirgi bosqich sifatida namlovchi kremni qo'llang.
Sentella ekstrakti qon tomirlarini mustahkamlaydi, yallig'lanishni bostiradi, ekzema va kuperoz bilan kurashishda yordam beradi, yulduzsimon qon tomirlar paydo bo'lishining oldini oladi va sezuvchanlikni pasaytiradi.
Niatsinamid (B3 vitamini) ko'p vazifali ta'sirga ega: yog’ bezlarni tartibga soladi, yog'li porlashni yo'q qiladi, dog’larni yengillashtiradi va oldini oladi, shuningdek kollagen ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, taranglik va mayinlikni oshiradi.
Gialuron kislotasi epidermisning chuqur qatlamlariga kirib, hujayralarni faol ravishda namlaydi va mukammal namlik darajasini saqlaydi. Namlikning bug'lanishiga to'sqinlik qiladigan qatlamini hosil qiladi.