Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Muammoli teri uchun shuvoq-ermon o’tli ferment kukuni epidermisning dag'allashgan qatlamni yumshoq va mayin tarzda tozalaydi, tiklanish, yangilanish jarayonlarini tezlashtiradi va terini yumshatadi.
Muammoli teri uchun shuvoq-ermon o’tli ferment kukuni Mugwort calming powder wash epidermisning dag'allashgan qatlamni yumshoq va mayin tarzda tozalaydi, tiklanish, yangilanish jarayonlarini tezlashtiradi va terini yumshatadi.
Kukun teshikchalarni kirlanishlardan samarali tozalaydi, komedonlarni eritadi, bakteriyaga qarshi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Papayya fermentlari va dengiz tuzi qo'pol terini mayinlik bilan tozalaydi, sog’lom nur beradi va yangilanish jarayonlarini faollashtiradi, yallig'lanishni davolashga yordam beradi, terining rangini yaxshilaydi. Ezilgan shuvoq-ermon o’tli kukuni nafaqat bakteriyaga qarshi balki dezinfeksiyalovchi ta'sirga ega, teshikchalarni chuqur tozalaydi va turib to’lib qolgan yog'larni eritadi. O’ramalarining qulayligi shundaki har bir qadoqlangan qoplamachalar bir martalik foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lib safarga, yo’lga otlanganda judayam olib yurish qulaydir.
Mugwort calming powder wash xususiyatlari:
• muammoli, sezuvchan, yog'li va kombinatsiyalashgan teriga mo'ljallangan;
• suv bilan qo’shilganda yaxshi ko'piradi;
• dag’allashgan teri hujayralarini samarali va mayinlik bilan yuvib tashlaydi;
• teshikchalarga chuqur kirib, ularni tozalaydi va yog’ bezlarni ishlab chiqarishni tartibga soladi;
• papayya fermentlari turib tiqilib qolgan yog'larni eritib, qora nuqtachalar bilan kurashadi;
• husnbuzarlarni ketkazish uchun samarali bo’lib terini yangilaydi;
• sokin dengizning nihoyatda foydali tuzini o'z ichiga olgan.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Kukun
- Maqsadga muvofiq
- Husnbuzar/Yallig'lanish
Qizarish
Teshiklar/seboregulyatsiya - Ishlab chiqaruvchi
- IsNtree
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (g)
- 15
Bir dona qadoqlangan kukunni olib ozgina suv bilan aralashtiring va ko'pirtiring, yuzga yengil aylana harakatlar bilan qo'llang, ko'z atrofidan asta saqlaning, mayinlik bilan o'qalash harakatlari bilan iliq suvda yuving.
Shuvoq-ermon o’ti ekstrakti bakteriyaga qarshi, antiseptik, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, terining gidro-lipid muvozanatini normallashtiradi va husnbuzarlarni davolaydi.
Teshikchalarni tabiiy ravishda tozalaydigan yumshoq shilish birikma. Bu yorituvchi, oqartiruvchi ta'sirga ega bo’lib, u terining umumiy holatini tekislaydi va terini yaxshilaydi.
Dengiz tuzi metabolizmni yaxshilashga, terining taranglashishiga va silliqlashga yordam beradi, yallig'lanishga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sirga ega, terini tozalaydi, yangilaydi va namlaydi.