Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
Ko’k choy ekstrakti asosidagi serum terining gidrobalansini tiklashga yordam beradi, uni namlik va ozuqa moddalari bilan to'ldiradi, yog’ ishlab chiqarishni nazorat qiladi, mikrorelef va terining umumiy holatini tenglashtiradi. Suvsizlanish, yog’lanishga moyilligi bo’lgan kombinatsiyalshgan teri uchun to’g’ri keladi.
Ko’k choy ekstraktiga asoslangan serum (77%) terining gidrobalansini tiklashga yordam beradi, uni hayot beruvchi namlik va foydali oziqa moddalar bilan to'ldiradi, yog’ ishlab chiqarishni nazorat qiladi, mikrorelef va terining umumiy holatini tenglashtiradi. Suvsizlanish, yog’lanishga moyilligi bo’lgan kombinatsiyalshgan teri uchun to’g’ri keladi. Serum yengil, tetiklantiruvchi tuzilishga ega, tez so'riladi va yopishqoqlik yoki yog'li porlashni qoldirmaydi.
Ekologik toza Chedju orolida yetishtirilgan ko’k choy taninlar (polifenollar, katexinlar), C, A, P vitaminlari kabi foydali moddalarning haqiqiy omboridir. U shuningdek ko'p miqdordagi aminokislotalar, minerallar va boshqa moddalarni o'z ichiga olgan, terini mukammal darajada ravonlashtiradi, kuchli antioksidant ta`sirga ega, bu erkin radikallarning zararli ta'sirini bosadi va terining erta qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ko’k choy terining umumiy holatini yaxshilaydi, shishishni kamaytiradi va ajinlar paydo bo'lishining oldini oladi.
Tabiiy ekstraktlar (primula, arrourut, qarag'ay, qayrag'och) kuchini to'plagan patentlangan Anti Sebum-P formulasi kuchli yog’ bezlarini tartibga solish ta’siriga ega, bu teshiklarni toza saqlashga yordam beradi va yog'li porlashni oldini oladi.
Mahsulot tarkibida ko’k choy ekstrakti yuqori bo'lganligi sababli to'q jigarrang rangga ega.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Hamma turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Zardob
- Maqsadga muvofiq
- Qizarish
Teshiklar/seboregulyatsiya - Ishlab chiqaruvchi
- IsNtree
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 50
Ko’k choy terini tiklash jarayonlarini faollashtiradigan eng mashhur antioksidantlardan biridir. U erkin radikallar ta'siridan himoya qiladi, tinchlantiruvchi, namlovchi va ravonlashtirish xususiyatlarga ega shuningdek yuz terisini sog'lom rangga qaytaradi.

Niatsinamid (B3 vitamini) terining gidrolipid to'sig'ini mustahkamlashga yordam beradi, uning ko'rinishini yaxshilaydi, yog'li terini tartibga soladi va mayinlik bilan yoritadi. Qichishish xususiyatini keltirib chiqarmaydi.

Pantenol (B5 vitamini) terining yaxlitligini tiklashni rag'batlantiradi, qizarish va qichishish xususiyatini bartaraf qiladi va yaralarni davolash xususiyatlariga ega.

Terini tozalagandan va tonerni qo'llaganingizdan so'ng, 2-3 tomchi sivoratkani qo'llang va ohista harakatlar bilan teriga yoying.