1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 433-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi №75-sonli qaroriga muvofiq, normal sifatga ega bo‘lgan parfumeriya va kosmetika mahsulotlari qaytarish va almashtirishga tortib bo‘lmaydi.
2. Normal sifatga ega bo‘lgan tovarni almashtirish yoki qaytarish quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda mumkin:
- tovar ishlatilmagan bo‘lishi;
- uning iste’molchi xususiyatlari, tovar ko‘rinishi, plomba, yorliqlar va original qadoq saqlangan bo‘lishi;
- Xaridor tomonidan tovarni Sotuvchidan sotib olinganligiga dalillar taqdim etilgan bo‘lishi (elektron chek, buyurtma raqami va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar).
3. Parfumeriya va kosmetika mahsulotlarini qaytarish yoki almashtirish faqat normal sifatga ega bo‘lmagan holatda amalga oshirilishi mumkin (amal qilish muddati tugagan, ishlab chiqarish nuqsoni, qadoqning Sotuvchi yoki yetkazib berish xizmati aybi bilan buzilishi, buyurtmaga mos kelmasligi).
4. Normal sifatga ega bo‘lmagan tovarni qaytarish bo‘yicha talab “СOMAX” onlayn-do‘koni orqali xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki, buyurtma raqami), tovarning nuqsoniga oid dalillar va nuqsonli tovarning qaytarilishi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.
5. Mablag‘ning qaytarilishi Sotuvchi tomonidan talabning asosli ekanligi tekshirilib bo‘lgach amalga oshiriladi va to‘lov amalga oshirilgan usulda qaytariladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatlarda.
6. «СOMAX» onlayn-do‘konida buyurtma bergan paytda Xaridor mazkur mahsulotni qaytarish va almashtirish shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi.