500 000 so'mdan yuqori buyurtma Toshkent bo'ylab yetkazib berish bepul!

10 шагов

O'n bosqichli parvarish — bu odatdagi parvarishdan farqli — o’ziga hos turmush tarzi bo’lib, Koreyaning sog'lom teriga bo'lgan madaniy tarziga asoslangan va o’n yillar davomida ilmiy taraqqiyot bilan qo'llab-quvvatlangan global hodisaga aylandi. Gap shundaki, maqsad ko'proq mahsulotga ega bo'lish emas, balki ta'sir va foyda keltiradigan to'g'ri mahsulotlarga ega bo'lish va ularni to'g'ri tartibda ishlatishdir.

10 шагов

1. Yog' asosidagi tozalash vositasi:

Yog' asosidagi tozalovchi vositalar terini koreys usulida parvarish qilishning asosiy usulidir va ikki mahal tozalashning birinchi bosqichidir. Ulardan foydalanish nafaqat yoqimli, balki mahsulotni quruq teriga yumshoq o’qalash harakatlari bilan qo’llaganda, ular hatto eng bardoshli pardozni ham, quyoshdan himoyalovchi krem qoldiqlarini ham, ortiqcha yog’ bezlari va boshqa turdagi kirlantiruvchi moddalarni olib tashlaydi.

2. Suvga asoslangan tozalash vositasi:

Bu – ikki mahal tozalashning ikkinchi bosqichidir. Kosmetologlar va dermatologlar ikki mahal tozalashni maslahat berishadi, chunki bu tozalash usuli yallig’lanishga olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday kirlanishdan xalos bo'lishga yordam beradi. Yog' asosidagi tozalash vositasi chang va teri kabi g’uborlardan xalos bo'lishga ojizlik qilgan vaqtda suvga asoslangan tozalovchi vositalar yordam beradi.

3. Shilish muolajasi uchun vositalar:

Fizik va kimyoviy eksfoliantlar teshiklarni tozalashga va o'lik teri hujayralaridan xalos bo'lishga yordam beradi, bu terini vizual ravishda ravon va silliq qiladi. Muntazam ravishda shilish muolajasini qo’llash,  boshqa parvarishlash mahsulotlarini yaxshiroq singishiga va samarali ta’sir qilishga yordam beradi.

4. Toner:

Toner – bu yuz terisini keyingi parvarishga mukammal tayyorlab berish bosqichidir, namlantiruvchi va oziqlantiruvchi vositalarni chuqurroq singib borib samarali ta‘sir qilish maqsadida ular bir vaqtning o'zida tozalovchi mahsulotlar qoldiqlaridan xalos qiladi va terining himoya to'sig'ini tiklaydi. Terini shimgich kabi tasavvur qiling – u quruq va qattiq bo'lganda suvni og’irroq singdiradi va ozgina nam bo'lganda ancha yengilroq shimadi.

5. Essensiya:

Essensiyalar yengil tuzilishga ega va tarkibida miks konsentratsiyalangan namlovchi, erta qarishga qarshi va terining umumiy tuzilishini yaxshilaydigan tarkibiy qismlar aralashmasi mavjud.

6. Sivoratka:

Sivoratka, ampula va serumlar – bu  teringizni yaxshilaydigan vositalardir. Ular tarkibida yuqori konsentratsiyali faol moddalar mavjud bo’lib husnbuzar, ajinlar va kuchli dog’lar kabi ba'zi teri muammolariga qarshi kurashishga qaratilgan.

7. Matoli niqob:

Agar essensiya – koreys parvarishining yuragi bo’lsa, u holda matoli niqob – bu qalbdir. Yuz terisida ko’proq vaqt aloqada bo'lgan matoli niqob teriga barcha namlovchi va oziqlantiruvchi tarkibiy qismlarni to'liq singdirishga imkon beradi. Shuningdek, matoli niqoblar terini parvarish qilish davomida orom olishga imkon beradi.

8. Ko’z atgrofi uchun krem:

Ko’z atrofi terisi – yuzdagi eng nozik va yupqa sohasidir, shuning uchun samarali oziqlantiruvchi ko'z atrofi uchun kremini muntazam ravishda qo'llash qoramtir doiralardan, shish va mayda ajinlardan xalos bo'lishga yordam beradi. Ko'z atrofi uchun kremlar tarkibida qichishish xususiyatini keltirmaydigan konsentratsiyalangan oziqlantiruvchi va namlovchi tarkibiy qismlarga ega.

9. Namlantiruvchi vositalar:

Namlantiruvchi vositalar turli shakllarda bo'ladi (emulsiyalar, lasyonlar, gellar, kremlar, tungi niqoblar) va namlik darajasini mukammal oshirish uchun teridagi namlikni mustahkamlaydi.

10. Quyoshdan himoyalovchi vositalar:

Kunning ko'p qismida uyda yoki ofisda bo'lishingizdan qat’iy nazar, doimo quyoshdan himoyalovchi vositani qo'llashingiz lozim. Bu terining erta qarishini (va teri saratoni!) oldini olishning eng oson va samarali usulidir. Quyoshdan himoya qiluvchi vosita kun davomida teringizni himoya qilishi uchun parvarishning yakuniy bosqichi bo'lishi lozim.

Mahsulot istaklar ro'yxatiga qo'shildi
Taqqoslash uchun mahsulot qo'shildi.