500 000 so'mdan yuqori buyurtma Toshkent bo'ylab yetkazib berish bepul!

Mavsumning va haroratning o'zgarishi terimizning holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kuzda namlik va havo harorati o'zgaradi, bunday holda odatdagi parvarish o'zgarmasa ham, teri darajasi quruqroq, sezuvchan va muammoli bo’lib qoladi.

Nima uchun kuzda teri muammolari paydo bo'ladi?

Keling eng avvalo, biz yozda va kuzda terining qanday his etishi o'rtasidagi farq haqida bilib olamiz:

• yozda yog' bezlari faolroq ishlaydi va ko'proq  yog' ishlab chiqaradi, shuning uchun teri kuchliroq va tezroq yog'lanadi

• kuzda harorat va namlik pasayadi va natijada terida ham namlik yetishmaydi.

Sovuq shamol va izg’irinli mavsumda teri quriydi, sezuvchan, so'ligan va zaif bo'ladi, mayinlik yo'qoladi, mayda yoriqlar va shilinishlar paydo bo'ladi.

Ushbu muammolar yuzaga kelmasligi uchun nima qilish kerak?

Avvalo, terining yanada samarali namlanishi va oziqlanishiga alohida e'tibor berish muhimdir.

Kundalik hayotda terining yetarli darajada namlanishini qanday ta'minlash mumkin?

Kuzda suvsizlanishni oldini olish uchun kuniga kamida sakkiz stakan suv ichish tavsiya etiladi. Teri inson tanasidagi boshqa azolar singari suvga muhtoj. Kerakli miqdordagi suvni kunlik iste'mol qilish qon aylanishini yaxshilaydi, toksinlarni bartaraf qiladi, hujayralar o'sib va ajralib chiqishini tezlashtiradi, natijada teri ham yangilanadi ham tezroq tiklanadi.

Yana bir muhim tavsiya: terining turiga mos keladigan kremlardan yoki boshqa namlovchi mahsulotlardan foydalanish. Namlik muvozanatini va terining turiga qarab yog’ ishlab chiqarishni nazorat qilishga yordam beradigan mahsulotlardan foydalanish teringizni qulay his qilishiga yordam beradi shuningdek mayinlik, ravonlik yo'qolishi, haddan tashqari quruqlik va sezuvchanlik kabi ko'plab muammolarning oldini oladi.

Ajoyib haqiqat: agar siz tunda namlovchi niqobdan foydalansangiz, namlantiruvchi tarkibiy qismlar teriga chuqurroq kirib boradi, shuning uchun Janubiy Koreyada doimiy ravishda niqoblardan foydalanish urfga aylangan!

Niqoblarning har xil turlari mavjud bo’lib bular: barchaga taniqli matoli niqoblar juda mashhurdir; qo’llagandan so’ng belgilangan vaqt o’tib yuvish lozim bo’lgan, yuviladigan niqoblar; tungi niqoblar, uni qo'llaganingizdan so'ng darhol yotishingiz mumkin. Siz uchun eng qulay, mos usullardan foydalaning.

Bundan tashqari, juda tez-tez va uzoq muddatli vanna qabul qilish kuzgi ob-havo haroratida juda quruq bo'lgan teriga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun tez-tez cho'milishdan saqlanish, faqat yumshoq sovun yoki boshqa tozalash vositasidan foydalanish tavsiya etiladi, va albatta tanaga namlovchi lasyon yoki krem surtish lozim.

Buning yana bir usuli – uyingizdagi namlik darajasini ko’tarish, natijada terining namlik darajasi ham oshadi. Bunda sizga havonamlagich va honaki o'simlik gullari yordam beradi.

Ikkinchidan, shilinish darajasiga e'tibor beramiz

Teri namlikni yo'qotganda, epidermis ustki qatlami qo'pol bo’lib qalinlashadi va bu bezovtalik, qichishish xususiyatiga olib kelishi mumkin. Shilinish paydo bo’lishi bilan ko'p odamlar shoshilib darhol skrablardan foydalanadilar, lekin eng avvalo shilinish paydo bo'lishining sababini aniqlab, keyin tegishli vositani tanlash lozim. Noto'g'ri tanlangan mahsulotlar sezuvchan bo’lib ulgurgan terini bezovta qiladi va uning holatini yomonlashtiradi.

Eksfoliantlarni fizik eksfoliantlar (skrablar, gommajlar, fermentlar va piling gellari) ga va kimyoviy eksfoliantlar (AHA/BHA kislotalar) ga bo'lish mumkin.

Yog'li teri quruq hujayralarga qaraganda o'lik hujayralarning qalinroq to'planishi bilan tavsiflanadi, shuning uchun haftada 1-2 marta shilish muolajasini qilish tavsiya etiladi.

Oddiy teri uchun ham shilish muolajasini haftasiga 1-2 marta qilsa bo’ladi, ammo muolajadan so’ng oziqlantiruvchi krem yoki niqob yordamida yanada samarali namlantirish lozim.

Sezuvchan teri vakillariga ertalab emas, balki kechqurun shilish muolajasini qilish tavsiya etiladi, chunki bu yondashuv terining kamroq qichishish xususiyatini keltirib chiqaradi.

Shilinish belgilari bo'lgan quruq teri uchun eng yaxshi usul bu, terini chuqur namlantirish, shilinish muolajasiz.

Terini doimiy va samarali namlash orqali siz shilinish paydo bo'lishining oldini olishingiz mumkin. Namlantiruvchi vositalarni iloji boricha tez – tez qo'llang, masalan: har gal ko’zguga qaraganda, xonaga kirganingizda, dam olganda va hattoki ishga kelganingizda, shuningdek sevimli kremingizni eslaganda, bu o'lik teri hujayralariga qarshi kurashishda katta yordam beradi.

Uchinchidan, yuzni nozik va yumshoq tozalash vositalaridan foydalaning

Yozda issiq quyosh nurlaridan charchagan teri kuzgi ob-havo sharoitida sezuvchanligi oshadi. Shuning uchun gidrolipid qobig’iga zarar bermaslik uchun gipoallergenik yumshoq yuz yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, juda sezuvchan va shikastlangan teri uchun yanada nozik to'qimalardan foydalanishni tavsiya etamiz, bular: molochko yoki muss-ko'piklar.

Va ohirgisi – tashqarida bulutli ob-havo bo'lsa ham, quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. 

Hatto kuz va qish faslining ham ultrabinafsha nurlari samarali ravishda yoqimsiz dog’larni  va terining erta qarishini keltirib chiqarish uchun yetarlidir. UVB-nurlari (kuyishga olib keladigan) kuzda ta’siri pastroq bo'lib qolsa-da, UVA-nurlari (ajinlarni keltirib chiqaradigan va terining tezda qarishining asosiy sababi) iyul oylarida kuchli bo'lgani kabi oktyabr va yanvar oylarida ham kuchlidir.

Quyoshdan himoyalovchi filtrlar ikki xil bo’ladi - fizik (mineral) va kimyoviy (organik).

Ushbu filtrlar ta’sir doirasi turlicha asoslanadi:

• Fizik filtrlar aks ettiruvchi manbadir–ular ultrabinafsha nurlarini teridan uzoqlashtiradi, shu bilan birga uni himoya qiladi, teshiklarni to’ldirib qo’ymaydi, qichishish xususiyatini keltirmaydi, hatto eng sezuvchan terida ham qo’llash mumkin. Ushbu filtrlarning kamchiliklari ularning vizual shaffofligidir. 

• Kimyoviy filtrlar tosiq kabi xizmat qiladi–ular ultrabinafsha nurlarini o'zlashtiradi va ularni issiqlik energiyasiga aylantiradi. Yangi paydo bo’lgan kimyoviy filtrlar ham teri uchun xavfsiz bo’lib ular umuman "oqartirish" ta’sirini bermaydi.

Kuz yoqimli ob-havo va qulay hordiq vaqtidir. Shunday ekan keling, Comax bilan birgalikda teringizga g'amxo'rlik qilaylik va ushbu kuzni ajoyib tarzda o'tkazaylik.

Mahsulot istaklar ro'yxatiga qo'shildi
Taqqoslash uchun mahsulot qo'shildi.