500 000 so'mdan yuqori buyurtma Toshkent bo'ylab yetkazib berish bepul!

Двойное очищение

Ikki mahal tozalash Koreyaning o'n bosqichli terini parvarish qilish tartibining asosidir. Balki bu, odatdagi eng muhim qadam bo'lishi mumkindir, lekin ko'pincha odamlar yuzlariga yog’ surtishni istamaydilar, va doim o'tkazib yuboriladi.

Ammo ikki mahal tozalash yuzdagi barcha kirlanishlarni yuvib tashlash va qolgan mahsulotlarni qo'llashga tayyorgarlik ko'rish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bosqich terini parvarish qilish tartibining negizi bo'lganligi sababli, biz terining muammolari asosida tozalash uchun ishlatishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi mahsulotlarni to'pladik.

Двойное очищение

Husnbuzar

Yallig’lanish vaqtida, yanada ko’proq yuzingizga yog' surtish – bu siz qilishni istagan eng oxirgi ish bo’lishi mumkin. Ammo bu siz ikki mahal tozalash bosqichini  o'tkazib yuborishingiz kerak degani emas. Darhaqiqat, terisi husnbuzarlarga moyil bo'lganlar, terini ortiqcha yog' va yallig'lanishni keltirib chiqaradigan boshqa kirlantiruvchi moddalardan tozalash uchun albatta, yog'li mahsulot bilan terini ikki mahal tozalash zarur. 

Hanskin BHA Pore Cleansing Balm va Round Lab 1025 Cleansing Milk — teringiz uchun o’ta darajada og’irlik hissini keltirmaydigan, ammo shu bilan birga  o'z vazifasini bajaradigan ajoyib usullardir. 

Undan so’ng ushbu suvga asoslangan tozalovchi vositalardan birini qo’llashingiz mumkin: tozalovchi ko’pik Round Lab Mugwort Calming Cleanser, Isntree Onion Newpair Cleansing Foam ko’pigi, Isntree Spot Saver Mugwort Powder Wash ferment kukuni. Ular tarkibida shuvoq-o’rmon o’ti  ekstrakti, papain fermenti va piyoz ekstrakti kabi yallig’lanishga qarshi kurashuvchi mahsulotlar bo’lib, shuningdek Osiyo sentellasi, gialuron kislotasi va allantoin kabi tinchlantiruvchi mahsulotlar mavjud.

Двойное очищение

Yoshga doir o’zgarishlar

Ajoyib haqiqat: yog' asosidagi tozalovchi vositalardan foydalanish aslida mayda ajinlar paydo bo'lishini va erta qarish belgilarini kamaytirishi mumkin. Qanday qilib? Yog' asosidagi tozalovchi vositalar terini chuqur namlaydigan va to'ldiradigan muhim tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Ammo barcha tozalovchi vositalar bir xil bo’lavermaydi. 

Agar sizning asosiy maqsadingiz — erta qarishga qarshi kurashish bo'lsa, Banila Co Clean It Zero Cleansing Balm Nourishment yoki Round Lab Soybean Cleansing Oil mahsulotlarini sinab ko’rishni o’ylab ko’ring. Ushbu yog'ga asoslangan tozalovchi vositalar terining mustahkamligi va mayinligini tiklaydigan mukammal namlovchi shuningdek, kollagenni rag'batlantiruvchi tarkibiy qismlarga egadir. 

Suvga asoslangan soya ekstraktli tozalash vositasi Round Lab Soybean Cleanser yoki patentlangan MLE tarkibiy qismli Atopalm Facial Foam Wash ko'piklarni qo’llab ko'ring. Teringizni yosh va yorqinligini tiklash uchun, ushbu tozalovchi vositalarning har biri kirlanishlarni yuvib tashlaydi va teringizni vitaminlar hamda ozuqa moddalari bilan to'ldiradi.

Двойное очищение

Kengaygan teshiklar 

Teshiklarni kichikroq ko'rinishining eng yaxshi usuli (va yagona haqiqiy usuli) bu —ularning turli xil ifloslantiruvchi moddalar bilan to'lib qolmasligini nazoratga olishdir. Bu teshiklarni uzoq vaqt kichikroq ko'rinishning yagona usulidir. 

Teringizni toza va silliq saqlash, har qanday kirlanishdan, shu jumladan ortiqcha yog’ bezlaridan ham xalos bo'lish uchun, ushbu yog'ga asoslangan tozalovchi vositalar teshiklarga chuqur kirib boradi. Shuning uchun, ikki mahal tozalashni yodda tutish juda ham muhimdir. Hanskin BHA Pore Cleansing Balm balzami yoki Holika Holika Soda Pore Deep Cleansing Oil yog’idan boshlang.

Suvga asoslangan tozalash vositasi sifatida Lagom Cellup Micro Foam Cleanser va Eyenlip Ceramide Tomato Cleansing Foam ko'pigiga e'tibor bering. Ushbu ko'piklar teringizni yog’li qoplama tuyg'usidan xalos qiladi, shu bilan birga, teshiklarni toza saqlash maqsadida kirlanishlarni yuvib tashlaydi. 

Двойное очищение

Quruqlik

Agar siz quruqlikdan ko'p aziyat chekayotgan bo'lsangiz, unaqada omadingiz kelibdi, chunki, aksariyat gidrofil mahsulotlar siz uchun kerakli darajada namlikni ta'minlaydi. Haqiqatan ham quruqlikdan xalos bo'lish uchun ushbu tozalash vositalaridan birini qo’llang: Hanskin AHA Pore Cleansing Balm yoki Round Lab 1025 Dokdo Cleansing Oil. Ushbu mahsulotlar teringizni mayinlik ila tozalash va parvarishning keyingi bosqichlariga tayyorgarlik ko'rish uchun juda mos keladi.

Undan so’ng gialuron kislotali Isntree Hyaluronic Acid Low-pH Cleansing Foam ko'pigi, yumshoq ko’pik Round Lab 1025 Dokdo Cleanser yoki qayin sharbatli Round Lab Birch Juice Moisturizing Cleanser ko'pigidan foydalaning. Ushbu tozalovchi vositalarning har biri teringizni kerakli miqdordagi namlik bilan ta'minlaydi va hech qanday tortishish hissini qoldirmaydi. Shuni esda tutingki, hech qaysi tozalash vositasi teringizni qattiq tortishmasligi kerak. Aksincha, ikki mahal tozalagandan so'ng, teringiz yumshoq va mayin bo'lishi kerak.

Двойное очищение

Dog’lar

Yoqimsiz dog’lar – terining eng keng tarqalgan muammolaridan biridir, ammo siz uni ikki mahal tozalash bilan ham bartaraf qilishingiz mumkinligini bilarmidingiz? Ha. Gidrofil balzami  Beauty of Joseon Radiance Cleansing Balm yoki Eyenlip Calamansi Vita Cleansing Oil yog’ini sinab ko'ring. Ushbu tozalovchi vositalarda kalamansi ekstrakti, guruch suvi va jo'xori uni ekstrakti kabi yorituvchi mahsulotlar mavjud.

Undan so'ng, kalamansi ekstraktli  Eyenlip Calamansi Vita Cleansing Foam ko'pigi yoki limon ekstraktli Eyenlip Ceramide Lemon Cleansing Foam ko’pigidan foydalaning. Ushbu tozalash vositalarida, mayin shilish, hujayralarning yangilanishini rag'batlantirish va yoritish ta’sirini oshirish, yoqimsiz dog’lardan tez va ohista xalos bo'lish uchun, shu bilan birga, terini tozalash va namlash uchun tarkibiy qismlar mavjud.

Двойное очищение

Sezuvchanlik 

Gidrofil vositalar odatda juda yumshoq bo'ladi, ammo agar sizning teringiz sezuvchan bo'lsa, ehtimol siz qichishish xususiyatini keltirib chiqarishidan qo'rqib, yuzingizga ortiqcha narsalarni surtishni istamassiz. Round Lab 1025 Dokdo Cleansing Milk molochkosi va Hanskin PHA Pore Cleansing Balm tozalovchi balzami – ushbu sezuvchan teriga juda mos keladigan yumshoq tozalovchi vositalardir. Round Lab molochkosi alergiyaga qarshi bo’lib, dengiz suvini o'z ichiga oladi, Hanskin balzamida esa jonivorlarning tarkibiy qismlari, parabenlar, mineral moylar va sun'iy iforlar kabi muayyan qichishish xususiyatini beruvchi moddalar mavjud emas.

Sizdagi mavjud suvga asoslangan tozalovchi vositalarga kelsak, har qanday kirlanishni mayinlik ila yuvadigan, ammo tortishish va qichishish xususiyatini sezdirmaydigan mahsulotlarga e'tibor qaratishingiz lozim. Yuvish uchun  madekassosid va pantenolli ko'pik Etude House SoonJung Centella 6.5 Whip Cleanser yoki sentellali Eyenlip Ceramide Cica Cleansing Foam ko’pigini sinab ko'ring. Ushbu ko'piklar har qanday kirlanishni himoya to'sig'iga zarar bermasdan osongina yuvib tashlaydi, terini namlaydi, muvozanatlashtiradi va qichishish xususiyatini keltirmaydi.

Ehtimol, siz ikki mahal tozalashni yoqtirmaysiz, balki siz o'zingiz uchun mos mahsulotlarni topa olmagandirsiz! Ikki mahal tozalash bo'yicha qo'llanmamizni ko'rib chiqing. Teringizni nima bezovta qilishidan qatii nazar, ikki mahal tozalash – koreys uslubi teri pervarishida muhim ahamiyatga ega, va siz uchun mukammal bo'lgan ikki mahal tozalash vositalari mavjud!

Tavsiya etilgan mahsulotlar

1025 Dokdo Cleanser
    Mayin, kremsifat vosita ROUND LAB 1025 Dokdo Cleanser, ohistalik, ehtiyotkorlik bilan, ammo terining namlik holatini saqlab...
    (3 sharhlar)
    Ko'piklar va gellar
    1025 Dokdo Cleanser
    129 000 UZS
    Mavjud
    1025 Dokdo Cleansing Oil
      Tozalovchi Round Lab 1025 Dokdo gidrofil yog‘i epidermisni har qanday ifloslanishdan mayinlik bilan tozalaydi, qolib ketgan...
      (2 sharhlar)
      Gidrofil yog'i
      1025 Dokdo Cleansing Oil
      220 000 UZS
      Mavjud
      Cellup Micro Foam Cleanser
        Yuzni yuvish uchun Cellup Micro Foam Cleanser ko‘pigi suv bilan aralashtirilganda kuchli ko‘pirib ko'plab pufakchalar hosil...
        Ko'piklar va gellar
        Cellup Micro Foam Cleanser
        155 000 UZS
        Mavjud
        Hyaluronic Acid Low-Ph Cleansing Foam
        • Mavjud emas
        Sakkiz turdagi gialuron kislotasi bo'lgan ko'pik terini nozik va samarali tozalaydi, dag’al bo’lib qotib qolgan zarralarni,...
        Ko'piklar va gellar
        Hyaluronic Acid Low-Ph Cleansing Foam
        133 000 UZS 156 000 UZS
        Sotuvda yoʻq
        Mugwort Calming Cleanser
          Mahsulot terining suv-namlik muvozanatini saqlaydi, unga mayinlik va silliqlik beradi, tashqi omillarga chidamliligini...
          (2 sharhlar)
          Ko'piklar va gellar
          Mugwort Calming Cleanser
          129 000 UZS
          Mavjud
          Onion Newpair Cleansing Foam
          • Mavjud emas
          Piyoz ekstrakti bilan yuvish uchun ko'pik terini har qanday kirlanishdan tozalaydi, shu bilan birga terining himoya to'sig'ini...
          Ko'piklar va gellar
          Onion Newpair Cleansing Foam
          156 000 UZS
          Sotuvda yoʻq
          Soda Pore Deep Cleansing Oil
          • Mavjud emas
          Oziq-ovqat sodali gidrofil yog' kirlanishlarni osongina yo'q qiladi va hattoki eng uzoq muddatli pardozni, shu jumladan suvga...
          Gidrofil yog'i
          Soda Pore Deep Cleansing Oil
          137 000 UZS 140 000 UZS
          Sotuvda yoʻq
          Soybean Cleanser
            So’ya urug'i ekstrakti, keramidlar va o'simlik yog’lari bilan oziqlantiruvchi Round LAB tozalovchi ko'pik terini chuqur...
            Ko'piklar va gellar
            Soybean Cleanser
            129 000 UZS
            Mavjud
            Soybean Cleansing Oil
              Har qanday pardozni, quyosh kremi va yog'larni olib tashlash uchun o'simlikka asoslangan oziqlantiruvchi gidrofil yog`i. Qora...
              Gidrofil yog'i
              Soybean Cleansing Oil
              189 000 UZS
              Mavjud
              Mahsulot istaklar ro'yxatiga qo'shildi
              Taqqoslash uchun mahsulot qo'shildi.