Tizimga kirganingizdan va sotib olganingizdan so'ng mahsulot haqida sharh qoldiring.
10% pantenolga ega intensiv namlovchi krem sezgir, quruq va atopik terini chuqur tinchlantiradi va tiklaydi. 72 soatgacha namlikni saqlab turadi, himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi hamda qizarish, quruqlik va qichishishni samarali kamaytiradi.
Krem MLE (Multi-Lamellar Emulsion) texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, u teri lipid qatlamining tuzilishiga o‘xshash bo‘lgani uchun zararlangan joylarga chuqur singib, himoya to‘sig‘ini tiklaydi. Vosita darhol quruqlik va tortilish hissini yo‘qotadi, sovuq ob-havo va harorat o‘zgarishlaridan himoya qiladi. Yengil tekstura tufayli tez so‘riladi, yog‘li qatlam qoldirmaydi. Doimiy foydalanish tabiiy himoya funksiyasini tiklaydi, terini yumshoq, silliq va qulay qiladi. Bolalar terisi uchun ham mos.
Pantenol (vitamin B5): terini tiklaydi, yallig‘lanish va qizarishni kamaytiradi, yaralarni tez bitishiga yordam beradi.

Fitosterollar: tabiiy himoya qatlamini tiklaydi, quruqlikni oldini oladi va terini tinchlantiradi.

Allantoin: terini yumshatadi, tirnashni kamaytiradi va nozik joylarga mos.

Tozalangan va tonik bilan tayyorlangan teriga oz miqdorda krem surting. Quruq joylarga (yuz, tirsak, tizza, tovon) engil massaj bilan yediring. Zarurat tug‘ilganda kun davomida bir necha bor qo‘llang.
- Terining turlari
- Aralash turdagi
Normal
Quruq
Sezuvchan
Yog'lik - Mahsulot turi
- Krem
- Maqsadga muvofiq
- Suvsizlanish
- Ishlab chiqaruvchi
- Atopalm
- Mamlakat
- Janubiy Koreya
- Hajmi (ml)
- 80