500 000 so'mdan yuqori buyurtma Toshkent bo'ylab yetkazib berish bepul!

One Thing — O'simlik asosidagi Koreys Kosmetikasi

One Thing brendi - Janubiy Koreyadagi juda kam uchraydigan kosmetika kompaniyalarining vakilidir. U bitta komponentli kosmetika yaratishga ixtisoslashgan. Kompaniya Chxve Yo Mi tomonidan faqat 2019 yilda tashkil etilgan bo'lsada, mamlakatda ertalabki tozalikka erishishdagi ulkan raqobatchilar o'rtasida bir zumda mashhurlikka erishgan.

Davomini o'qish
347

Retinol

Retinol — bu A vitaminining bir shakli bo’lib kuchli antioksidantdir. Retinolning o'zi tashqi muhitga beqaror va osongina parchalanadi, shuning uchun kosmetikada uning turli xil — retinoidlar qo'llaniladi. Ular turli shakllarda taqdim etilishi va nomi bilan farq qilishi mumkin. Spirtli shakli xuddi o’zidek retinol deb ataladi, aldegid - retinil aldegid, efir - retinil palmitat yoki retinil asetat deb ataladi. Dermatologlar retinolni hujayra ichidagi faollikni oshirish uchun "normallashtiruvchi vitamin" deb atashadi.

Davomini o'qish
2087

Bu qishda teringizni qutqaradigan namlovchi toner va essensiyalar

Qish kelganda, chuqur namlashdan ham muhimrog’i yo'q. Uyda yoki ofisda izg’irin shamoldan, isituvchi moslamalardan foydalanganingiz sari, teringiz yanada himoya va parvarishga muhtoj bo’lib, uni yumshatuvchi, namlangan holda saqlaydigan parvarish qilish juda muhimdir. Namlantiruvchi serum va kremlardan foydalanish, albatta, zarur bo'lsa-da, tozalashdan keyingi birinchi bosqichda namlashdan boshlash juda muhimdir. Buning uchun siz namlovchi tonerlar va essensiyalardan foydalanishingiz kerak. Shunday qilib, biz ushbu mavsumda teringizni namlash va himoya qilish uchun barcha sevimli namlovchi tonerlarimiz va essensiyalarimizni birlashtirishga qaror qildik.

Davomini o'qish
458

Yuz teringiz turiga qarab kremni to'g'ri tanlayapsizmi?

To'g'ri namlantiruvchi vositani tanlash unchalik qiyin emasdek tuyuladi go’yo. Buning uchun shunchaki terini namlaydigan mahsulot kerakdeg xolos, to'g'rimi? Albatta, ma'lum bir darajada. Ammo bugungi kunda mavjud bo'lgan kremlar soni ko’pligi bois bu juda qiyin vazifa. Nima uchun deysizmi? Chunki ularning turi juda ko'p. Sizga osonroq bo'lishi uchun ikkita muhim omilni ko'rib chiqishni tavsiya etamiz, bular: terining turi va terining turini samarali namlash uchun zarur bo'lgan tarkibiy qismlardir. Kremlarda qanday tarkibiy qismlarni izlash kerakligini bilish uchun davomida o'qing.

Davomini o'qish
701

Niatsinamid haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Agar sizda terini parvarish qilish sohasiga qiziqish bo’lsa, ehtimol siz terining himoya to'sig'i vazifasini qo'llab-quvvatlovchi, tuzilishi va holatini yaxshilaydigan kuchli tarkibiy qism bo'lgan niatsinamid haqida eshitgansiz. Bugun biz niatsinamidning asosiy afzalliklari haqida gaplashamiz, qaysi konsentratsiya eng yaxshi ekanligini tushuntiramiz va sevimli niatsinamid mahsulotlarini namoyish etamiz.

Davomini o'qish
6395

Kuzgi ob-havoda teri parvarishi

Mavsumning va haroratning o'zgarishi terimizning holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kuzda namlik va havo harorati o'zgaradi, bunday holda odatdagi parvarish o'zgarmasa ham, teri darajasi quruqroq, sezuvchan va muammoli bo’lib qoladi.

Davomini o'qish
245

Parvarish vositalari qay tarzda qo'llaniladi?

O'n bosqichli parvarish — bu odatdagi parvarishdan farqli — o’ziga hos turmush tarzi bo’lib, Koreyaning sog'lom teriga bo'lgan madaniy tarziga asoslangan va o’n yillar davomida ilmiy taraqqiyot bilan qo'llab-quvvatlangan global hodisaga aylandi. Gap shundaki, maqsad ko'proq mahsulotga ega bo'lish emas, balki ta'sir va foyda keltiradigan to'g'ri mahsulotlarga ega bo'lish va ularni to'g'ri tartibda ishlatishdir.

Davomini o'qish
781

Ikki mahal tozalash

Ikki mahal tozalash Koreyaning o'n bosqichli terini parvarish qilish tartibining asosidir. Balki bu, odatdagi eng muhim qadam bo'lishi mumkindir, lekin ko'pincha odamlar yuzlariga yog’ surtishni istamaydilar, va doim o'tkazib yuboriladi. Ammo ikki mahal tozalash yuzdagi barcha kirlanishlarni yuvib tashlash va qolgan mahsulotlarni qo'llashga tayyorgarlik ko'rish uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bosqich terini parvarish qilish tartibining negizi bo'lganligi sababli, biz terining muammolari asosida tozalash uchun ishlatishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi mahsulotlarni to'pladik.

Davomini o'qish
789
Mahsulot istaklar ro'yxatiga qo'shildi
Taqqoslash uchun mahsulot qo'shildi.